Pora to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ish xonamizda bir xodim uy joy subsidyasida ishlaydi (subsidyaga uy joy berish) uy berishda 12 talik tashkilotlar komissiya ular baxolaydi baxo 40 ballga etsa uy joyga tavsiya etiladi. Bir xamkasbimizning ukasiga uy joy olishda qanday qilsang shu uyni olishlikga tavsiya qilinishini tushuntirdi. Xamkasbimiz keyin shu 2-xamkasbimning ukasiga uy chiqdi subsidya asosida. Endi shu 2-xamkasbimiz ukasiga uy chiqqani uchun chin dildan xaq berd,i kafeda ular men xam sherik qilib oldi. Shu voxti rosa ikkilandim shu poramasmikan deb, lekin chin dildan deydi. Men xozir o‘tirishga boraman, lekin o‘zimni xaqqimni o‘zim to‘layman dedim va yoniida pulim yo‘qligi sababi bir necha kundan keyin pulni o‘tkazib berdim. Ya’ni umumiy summani kishi boshiga bo‘lib menga to‘g‘ri keladigan pulni. Savol 1-birga qo‘shilib borganim to‘g‘rimi? Meni u ishlarga umuman aloqam yo‘q faqat o‘tirishiga qatnashdim. 2-pulni o‘tkazib berib bu ishning gunox bo‘lsa gunoxidan foriq bo‘ldimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Umumiy mehmondorchilik sifatida bo‘lgan bo‘lsa inshaa Alloh joiz. 2). Ha. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar