Tovuqni aparatda so‘ysa halol bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Ustoz meni do‘stim tovuq fabrikasida ishlaydi. Uni aytishicha u erdagi tovuqlarni aparatda so‘yishar ekan. Ya’ni tovuqlarni tasmaga ildirib yuborisharkan. Tasma esa aparat ichidan o‘tarkan va ikkinchi tomondan tayyor so‘yilgan xolda chiqarkan. Ustoz shunday xolatda so‘yilgan tovuqlar halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kuchli qavlga ko‘ra halol bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ 121. “Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir” degan.(A’rof surasi). U tovuqlarga esa har biriga alohida alohida “Bismillah” aytilmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom