Ichuvchi amakiga zakot

Assalomu alaykum! Meni amakim xar zamonda ichib turadi. Lekin juda kambag‘al. Yoshi 50dan o‘tib uylangan. 3ta yosh bolasi bor kattasi 10 yosh kichigi 4yosh. Yangam kasal, ko‘p ishga yaramaydi bollari juda yupun ko‘p xollarda och qoladi. Uylarida tayinli narsasi xam yo‘q. Xatto muzlatkich xam yo‘q. Shu bolalari juda xam yordamga muxtoj bolalariga raxmim keladi. Otasi ichsa bularda nima ayb? Shunga bolalari uchun amakimga zakot bersak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amakingizga bermang, ayoliga bering. Ehtiyojlarini ham hisobga olib, zakot pulingizga narsalar sotib olib zakotdan deb niyat qilib bering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar