To‘qima yoki sahih?

Assalomu alaykum! Hazrati Ali roziyallohu anhu bozorga borganlarida ikki kishi qarzdor va qarz bergan kishilar tortishayotgan bo‘ladi. Shunda hazrati Ali qarzdorning pulini to‘lab beradilar (3 dirxam edi adashmasam). Keyin uyga quruq qo‘l bilan qaytganlarida uyda egulik bo‘lmaydi. Farzandlari egulik so‘rashganida yig‘lab chiqib ketadilar. Shunda bir kishi tuya etaklab kelib hazrati Aliga tuyasini 100 dirxamga olishni, pulini esa keyin berishi mumkinligini aytadi. Hazrati Ali tuyani olganlari zaxoti unga xaridor ham chiqib 300 dirxamga sotib oladi. Keyin Payg‘ambarimiz alayhissalom kelib tuya sotganni hazrati Jabroil, sotib olganni esa Isrofil farishtalar bo‘lganini aytadi. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sahih emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 131 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar