Xolvaytar yoki qatlama

Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokatux! Allox sizlardan va bizlardan rozi bo‘lsin. Meni bir savol qiynaydi arxivdan qidirish bo‘limidan topa olmadim, shuning uchun savol berishga qaror qildim hato qilgan bo‘lsam meni kechirishingizni iltimos qilaman. Savolim shuki onamlar otajonimlarni tug‘ilgan va vafot  etgan kunlarida ayolimga yoki kelin oyimga qatlama, holvaytar pishirishni buyuradila keyin esa menga Qur’on tilovat qil deydilar. Bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hindistonda “Baralviylar” degan toifa bo‘lib, u toifaning asoschisi o‘ta darajada bid’atga berilgan, sunnatda mahkam turuvchilarni kofirga hukm qilgan kishi bo‘lgan. U odam o‘zlarining e’tiborga loyiq kitoblarning birida keltirishicha, vafotidan bir yarim soat avval “Menga tansiq taomlardan falon-falonlarini jo‘natib turinglar” deb vasiyat qilgan. Buni uning izdoshlari tan oladi. Ularning e’tiqodida mayyit uchun qilingan taomning ayni o‘zi mayyitga etib boradi. Bu xuddi boshqa din vakillaridagi qabr ustiga “Mayyitning haqqi” deb qo‘yib ketadigan narsalarga o‘xshaydi. Bu e’tiqod asosan buddaga sig‘inuvchilardan etib kelgan. Xuddi shu e’tiqod bizning diyorlardagi chala mulla va avomlarga ham etib kelgan. Islomda bu amallarning hech qanday asosi yo‘qdir. Islomda qilinadigan ehsonni biror ma’lum narsada chegaralangan joyi ham yo‘q. E’tiqodan to‘g‘ri bo‘lsa va shar’an halol narsa bo‘lsa kifoya. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 199 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar