Texnika so‘ygan hayvon go‘shti
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim oldin so‘ralgan ekan, lekin ma’lum bir texnik sabablarga ko‘ra sizning javobingizning oxiri ko‘rinmayapti. Administratorga bog‘landim, ammo ular ham savolning javobini bilaolmaganliklarini aytishdi. Men yashaydigan mamlakatda oxirgi paytlarda "HALAL" tamg‘asi ostida go‘sht mahsulotlari katta-katta supermarket, restoran va engil taom sotadigan do‘konlarda paydo bo‘lib qoldi. O‘sha go‘sht mahsulotlarini etkazib berayotgan qushhonalarning internet sahifalariga kirib tekshirib ko‘rsam qushhonalarning 60-75 foizida hayvonlarni texnika so‘yar ekan. Qushhonalar musulmonman degan odamlarga tegishli va ular nomlari noma’lum bo‘lgan qanaqadir olimlarni fatvosini ro‘kaj qilib texnika so‘ygan hayvonlar halol deya o‘z mahsulotlarini "HALAL" tamg‘asi bilan sotuvga chiqarishmoqda ekan. Savolim shu go‘sht mahsulotlari biz musulmonlarga halolmi yoki harom? Qimmatli vaqtingiz va javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Texnika so‘ysa ham tasmiya (bismilloh) ni aytib shariatga muvofiq so‘yish mumkin. Ana o‘sha tarafini o‘rganish kerak. O‘sha erdagi ishonchli kishilardan so‘rang.
26 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar