Qazo namoz haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda eshitib qoldim qazo bo‘lgan namozlarga azon aytib keyin o‘qish kerak ekan. Shu rostmi? Rost bo‘lsa, men oldin faqat takbir aytib o‘qir edim, oldingi namozlarni yana qayta o‘qib olaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Azon aytish sunnat. Yolg‘iz o‘qigan aytmasa ham bo‘ladi. Ayollar va masjid yoki jamoat joylarida qazo o‘qiyotganlar azon ham takbir ham aytmaydilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 129 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar