Aqiqa masalasi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, aqiqa masalasini etarlicha tushinmaganim sababli farzandlarimga aqiqa qilmaganman. Hozir farzandlarim voyaga etib uylab turmushga chiqaradigan yoshga ham etishgan. Savol:
1). O‘g‘il bolani uylayotganda aqiqani niyat qilib jonliq so‘yilsa aqiqaga o‘tadimi?
2). Agar ikkita qo‘y so‘yilsa birini to‘yga ishlatib ikkinchisini biron bir madrasaga olib borib berilsa bo‘ladimi?
3). Biz tomonlarda qizbolani turmushga chiqarayotganda kuyov tomon qo‘y beradi. Shu qo‘yni qizni haqiga aqiqani niyat qilib so‘ysa bo‘ladimi yoki qizni otasi o‘z puliga qo‘y olib so‘yishi shartmi? Qimmatli vaqtlaringizni ayamay savollarimizga vaqtida javob berayotganlarigiz uchun Alloh sizlarni hech erda soya bo‘lmaydigan kunda O‘zining arshi soyasidan soyalantirsin. (Omin).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Ha. 3). Otasi olishi shart emas. O‘sha qo‘y ham aqiyqaga o‘taveradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar