Duoda quyidagi narsalarni so‘rash haddan oshish emasmi?
Assalomu alaykum! Namozdan so‘ng duo qilayotgan paytimda qalbimga og‘ir bir shubha tushib qoldi. Alloh taologa hamdlar aytib va Payg‘ambarimizga Maqomi Mahmudni berishini so‘rab bo‘lganimdan so‘ng "Allohim agar bandalaring orasida zarra miqdoricha yaxshilik qilganlar, Senga iymon keltirganlar, Seni yolg‘iz Iloh va Yaratguvchi deb ishonganlar, Sening borliginga ishonganlar va Islom fitratida o‘tganlar va yurganlar bo‘lsa Allohim ularning gunohlarini mag‘firat qilgin. Robbim Sendan Ulug‘liging, Buyukliging hurmatidan so‘rayman, Biz bilgan va bilmagan go‘zal sifatlaring hurmatidan so‘rayman Robbim ularni va bizlarni gunohlarimizni mag‘firat qilgin. Bularga qabr siqishligini engil qilgin, agar qabrda azoblanayotgan bo‘lsalar azoblariga hozirdan yakun yasagin, agar qabrlari keng bo‘lgan bo‘lsa qabrlarini bundanda keng qilgin, Qur’on nurlari bilan nurlantirgin va qabrlarini jannat bog‘laridan bir bog‘cha qilgin. Qiyomat kunida ham barcha bandalaring qatori Arshingning soyasida turadiganlardan qilgin va Do‘zahni bizlar uchun harom qilgin. Agar Robbim duo qilishdan haddimdan oshgan bo‘lsam bilmay qilgan bu gunohimni kechirgin. Albatta mening bu gunohkor tillarimdan chiqqan so‘zlar sening Ulug‘liging va Buyukliginga zarra miqdoricha ham zarar bera olmaydi. Sen har qanday ayblardan poksan va Sen barcha narsalarni go‘zal suratda bilguvchisan" Shunday duo qilsam Allohga nisbatan hech qanday odobsizlik qilgan bo‘lmaymanmi? Balkim bu erda so‘rash mumkun bo‘lmagan narsalar bordir?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar