Turmush o‘rtog‘im Foreksda pul topadi
Assalomu alaykum! Ustozlar! Alloh umringizni ziyoda qilsin. Savolim shuki: Turmush o‘rtog‘im foreks treding bilan shug‘ullanadi. Men buni shariatimizda joiz emasligini Shayx Hazratlarining javoblaridan bilib oldim. Turmush o‘rtog‘imga aytsam eshitishni xohlamaydilar. Qayta-qayta aytaversam jahllari chiqadi. Hozir texnika zamoni, hamma narsa raqamlar bilan bog‘liq, buni yomon joyi yo‘q, deydilar. Lekin shariat zamonga qarab o‘zgarmaydi-ku, shunday emasmi? Aytaversam, o‘rtamizda janjal chiqadi. O‘zimning esa ishlashga imkonim yo‘q, bolalarim bilan ovoraman. Lekin halol bo‘lmagan luqma eyishni ham istamayman. Men qanday yo‘l tutay? Maslahat bering. Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz va farzanlaringiz zarurat miqdorida eyishingizga shariat ruxsat beradi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush