Hadisdagi duo

Assalomu alaykum! Men yutub orqali “kim Alloh boshqa iloh yo‘q unga sherik yo‘q va Muhammad sollolahu alayhi vasalam Allohning quli uning payg‘ambar desa va yana qo‘shib qo‘ysaki albatta Iso Allohning bandasi payg‘ambari desa Allohning kalimasi uni Mariyamga jo‘natgan edi deb jannat bilan do‘zah haqiqatdan bor deb qalbida tasdihlasa Alloh uni jannatga kiritadi, qanaqa amal qilgan bo‘lsa ham” degan hadis haqida eshitdim. Bu sahihmi sahih bo‘lsa menga hadisni arabcha aytilishini o‘rgating men bir bora aytay.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Muslimdan rivoyat qilinadi: حَدَّثَنَا عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ قَالَ أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ، وَأَنَّ عِيسَى عَبْدُ اللهِ وَابْنُ أَمَتِهِ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَى مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِنْهُ، وَأَنَّ الْجَنَّةَ حَقٌّ، وَأَنَّ النَّارَ حَقٌّ، أَدْخَلَهُ اللهُ مِنْ أَيِّ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ الثَّمَانِيَةِ شَاءَ Uboda ibn Somit roziyallohu anhu so‘zlab berdi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim «Guvohlik beramanki, yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘q, Muhammad Uning bandasi va Rasulidir, Iyso Allohning bandasi, cho‘risining o‘g‘li, Maryamga ilqo qilgan kalimasi hamda O‘zidan bir ruhdir. Jannat haq, do‘zax haqdir», desa, Alloh uni jannatdagi sakkiz darvozaning xohlaganidan kirgizadi». Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 176 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar