Ish vaqtida nomoz
Assalomu alaykum! Bu saytda birinchi marotaba savol bervomman, savolim tushunarsiz bo‘lsa oldindan ming bor uzr. Man 2017-yildagi Ramazon oyidan sal oldinroq nomoz o‘qishni boshladim yoshim 29 da. Bizni ishimiz sutkalik, ishxonada namoz o‘qishga ruxsat yo‘q. Ish vaqtida Raxbarimizga bildirmasdan yashirincha o‘qisa bo‘ladi, bilib qolsa ishdan bo‘shatadi. Lekin hufton vaqtiga yaqin raxbarimiz ketadi va ertasiga soat 8larda keladi, shu paytdan foydalanib hufton va bomdod nomozlarini o‘z vaqtida o‘qishga imkon bo‘ladi. Agar ish vaqtida yashirincha nomoz o‘qiganda farzni o‘qib sunnatni o‘qimasdan tezroq ish joyimizga qaytganimiz maqulmi yoki sunnatni xam qoldirmasdan o‘qish kerakmi? Nomozni o‘z vaqtida to‘liq ado etish kerakligini o‘z vaqtida ado etilmasa katta gunox ekanligini bilaman. Uyda bo‘lgan vaqtimda o‘z vaqtida qoldirmasdan o‘qiyman. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Iloji bo‘lsa telegram orqali xam javobini ko‘rsatsangiz yaxshi bo‘lardi. Hammasi uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkon qadar qoldirmaslikka harakat qilish kerak. Iloji bo‘lmasa farz bilan kifoyalaniladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkon qadar qoldirmaslikka harakat qilish kerak. Iloji bo‘lmasa farz bilan kifoyalaniladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar