Yosh bolaning chap qo‘lida taom eyishi haqida
Assalamu alaykum! Chap qo‘lda ovqat eyish mumkin emasligini bilaman. Bu haqida o‘qigandim. Ammo baribir biroz farqli bo‘lgan savol berishni joiz deb bildim. O‘g‘lim 4,5 yoshda. Chapaqay. Har doim o‘ng qo‘lda taom eyishini ta’kidlayman. Ammo o‘g‘lim uchun o‘ng qo‘lda ovqat eyishi juda noqulayligi bilinib turadi. Va chap qo‘lda eyishga harakat qiladi. Shuning uchun unga ko‘p tanbeh berishimga, hatto ba’zan do‘q-po‘pisa qilishimga ham to‘g‘ri keladi. Ba’zan ovqat emasdan o‘jarlik qilib turib oladi. Shunda o‘zimiz edirishimizga to‘g‘ri keladi. Shu vaziyatdan kelib chiqqan holda savolim quyidagicha: Istisno tariqasida yosh bola ekanligini hisobga olib, hech bo‘lmasa 7-8 yosh bo‘lgunicha unga chap qo‘lda taomlanishiga ruxsat bersa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar u yoshgacha ruxsat bersangiz o‘rganib, chap qo‘lda eyishga odatlanib qoladi.
Alloh taolo “Nahl” surasi 125-oyatida :
125. Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir.
Ushbu oyatda Alloh taolo Islom da’vati, asoslari va uslublarini Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishi orqali yaxshilikka chorlovchi ummatlariga bayon qilib bermoqda.
Avvalo,
«Robbingning yo‘liga...»
Ya’ni da’vat Allohning yo‘liga bo‘lmog‘i kerak ekan. Ba’zi shaxslarga, guruhlarga, toifalarga emas, faqat xolis Allohning yo‘liga bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan:
«...hikmat...»
Demak, da’vat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda da’vat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasi va boshqa omillarni e’tiborga olib, og‘ir kelmaydigan yo‘sinda da’vat qilish lozim.
Uchinchidan:
«...va yaxshi mav’iza ila da’vat qil».
Shuningdek, da’vat yaxshi mav’iza orqali yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak. Kishilarni qiziqtirish, rag‘batlantirish uchun chiroyli so‘z va gaplarni topib gapirish zarur bo‘ladi. Ularni nafratlantirmaslik lozim.
To‘rtinchidan:
«Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et».
Har bir da’vatchi kishilar bilan go‘zal uslubda munozara qilishi kerak. Allohning yo‘liga da’vat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara bo‘lishi turgan gap. Islom da’vatchisi munozarani g‘oyatda go‘zal uslubda olib borishga tayyor bo‘lishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal qilmasdan, raqibining ko‘ngliga yo‘l topib, unga qanoat hosil qildirib, o‘zi sezmagan holda Islomga moyil bo‘lib qoladigan darajada ustalik bilan munozara olib borishi lozim.
Beshinchidan:
«Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir».
Ya’ni yaxshilikka chorlovchi o‘z vazifasi da’vat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bog‘liqligini hech qachon unutmasligi kerak.
Islomga da’vatning asosiy qoidalari shulardan iborat. Gohida hikmat va yaxshi mav’iza ila Allohning yo‘liga chaqirayotgan yaxshilikka chorlovchilarga qarshi dushmanlik, tajovuzkorlik sodir bo‘lishi ham mumkin.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar