Shartli taloq bormi
Assalomu alaykum! Er va xotin oddiy suhbat chog‘ida: Xotin aytdi: kelajakda farzandlarimizga ko‘z munchoq taqaman. Er dedi: agar ko‘zmunchoq taqsang, uydan ketishing mumkin yoki uyda ketishinga to‘g‘ri keladi. Shu holatda shartli taloq bormi. Ular shunchaki suhbatlashayotgan edilar urush janjal bo‘layotgani yo‘q edi. Er ayolidan ko‘ngli to‘q suhbat chog‘ida shartli taloqni niyat qilmagan bo‘lsa aksincha ayolini kelajakda farzandlariga ko‘zmunchoq taqishdan qaytarish niyatida aytgan bo‘lsa. 2). Shartli taloqni u tushmasidan oldin bekor qilsa bo‘ladimi? 3). Shartli taloq tushsa er xotin yaqinlik qilsa nikoh davom etadimi va shartli taloq bir marta bajarilsa u bekor bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shartli taloq emas. O‘sha shart topilsa ham taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
21 Sentabr 2023, 17:07 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shartli taloq emas. O‘sha shart topilsa ham taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
21 Sentabr 2023, 17:07 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush