Ish yurishishi uchun

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, turmush o‘rtog‘imni xam o‘zimni xam ishlarimiz yurishmay qoldi. Shunga qanaqa ish yurishtiradigan duo o‘qisak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaratgan Alloh, rizq beruvchi Alloh, so‘rasang beraman deyuvchi ham Alloh, hazinasi tugamas bitmas ham Alloh, sahovati cheksiz baxil bo‘lmagan Zot ham Alloh. Bersa ham hikmat bilan beradigan bermasa ham hikmat bilan bermaydigan Zotdir. Ko‘p istig‘for aytinglar va faqat O‘zidangina so‘rashga harakat qilinglar. Gohida bandasi o‘zgalardan tilanayotgani va umidini o‘zgalarga bog‘layotganinida Alloh taolo “Bor o‘shandan olaver” deb o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Ba’zan inson rizqini kasbim beryapti deb o‘ylab qoladi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.
https://fiqh.uz/maqola/684 

30 Aprel 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar