Cherkov qurilishida qatnashish to‘g‘risida
Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Sizga bir savol yuzasidan ushbu xatni yozayotgan edim. Bir tanishim bor, u bilan yaqinda gaplashib qoldim. Uni xorijga ishga taklif qilishayotgan ekan. Hamma tomonlama surishtirib chiqqanini, hamma tomonlama sharoitlardan qoniqish hosil qilganini aytdi. Ammo bir tomoni o‘ylantirayotganini bayon qildi va shu narsa qattiq ikkilantirayotganini izhor etdi. Nima deb so‘rasam ish cherkovda bo‘lishini, ya’ni cherkov qurilishida ishlashga taklif qilishayotganini aytdi. Mantiqan olib qaraganda shirk uyi qurilayotgan ekan, biz musulmonlarga unday ishlarda qatnashish durustmas deb o‘ylab qoldim, dedi. Allohga shirk keltirishda yordam berayotgan bo‘lib qolmaymanmi, nima deysan, dedi. Men ilm borasida hech kim emasman, to‘xtab tur, ilmli kishilardan so‘ab ko‘raylikchi, deb javob berdim. U mayli, javobingni kutaman, dedi. Savol: Musulmon odam nasroniylar ibodati uchun mo‘ljallangan cherkov qurilishida ishlashi mumkinmi? Undan topgan pulini hukmi qanday? Javobni mantiqan izohlab bersangiz g‘oyat mamnun bo‘lar edik. Javob uchun oldindan raxmat, Alloh O‘zi rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tanishingizning mulohazasi to‘g‘ri, boshqa ish topgani yaxshi.
30 Aprel 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tanishingizning mulohazasi to‘g‘ri, boshqa ish topgani yaxshi.
30 Aprel 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda