Imomga ergashish

Assalomu alaykum! Bir savol javobda imom rukuga ketsa muqtadiy qunut duosini oxirigacha o‘qiyolmasa ham o‘tirganda attahiyotni oxirisigacha o‘qib, keyin imomga ergashadi deb javob beribsizlar(agar noto‘g‘ri tushunmagan bo‘lsam). Bizning masjidimiz imomi “Imomga iqtido qilgan kishi imom salom bergan vaqtdami, boshqa vaqtdami ergashgan kishilar o‘zi o‘qiydigan surasini qaerida kelgan bo‘lsa ham to‘xtatib, imomdan keyin birdaniga salom berishi vojibdir. Umuman qanday holat bo‘lsa ham imomdan keyin birdan ergashiladi. O‘qiydigan surasini chala qoldiradi” deb aytdi. Qanday yul tutaylik? Surani oxirigacha o‘qib keyin imomga ergashishlik haromga yaqin deb tushuntirdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! لو اقتدى به في أثناء التشهد الأول أو الأخير فحين قعد قام إمامه أو سلم ومقتضاه أنه يتم التشهد ثم يقوم... ( لوجوبه  أي لوجوب التشهد كما في الخانية وغيرها ومقتضاه سقوط وجبو المتابعة كما سنذكره وإلا لم ينتج المطلوب فافهم قوله ( ولو لم يتم جاز  أي صح مع كراهة التحريم Bir kishi imom birinchi yoki oxirgi tashahhuddaligida kelib iqtido qilsa, u o‘tirishi bilan imom 3-rak’atga tursa, yoki 4-rak’atdan keyin salom bersa, iqtido qilgan tashahhudni to‘liq o‘qiydi. So‘ng turadi. Tashahhud vojib bo‘lgani uchun. Xoniya va boshqa kitoblarda shunday zikr qilingan. Bundan imomga ergashishning vojibligi soqit bo‘lib turadi. Agar tashahhudni to‘liq o‘qimay imomga ergashsa, namozi makruhi tahrimiylik bilan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar