Shu rostmi?

Assalomu alaykum! Sadaqa baloni daf qiladi!!! Hikoya qilishlaricha, Sulaymon alayhissalomning oldiga bir qush kelib: "Bir odamning daraxtiga men in qurganman. O‘sha erda bola ham ochaman, lekin daraxt egasi bolalarimni qiynaydi va ularni o‘ldiradi", deya shikoyat qildi. Shunda Sulaymon ikki jinni chaqirib, ularga aytdi: "Agar yanagi yil ham bu kishi shu ishini takror qiladigan bo‘lsa, uni ikkiga bo‘lib, bir bo‘lagini mag‘ribga va birini mashriqqa uloqtirib yuboringlar!" Yanagi yil keldi, u kishi o‘z odatiga ko‘ra daraxtga chiqib, qushning bolalarini oldi. Shu vaqtda qush Sulaymonga (alayhissalom) shikoyat qilishga otlandi. Lekin u kishi sal oldin bir luqma sadaqa qilgan edi. Shunda qushning shikoyatini eshitgan Sulaymon (alayhissalom) ikki jinni chaqirib: "Nima uchun sizlar u zolim kishining ta’zirini berib qo‘ymadingizlar?" dedi. Shunda jinlar: "Biz unga daraxtga chiqib ketayotganida yopishmoqchi edik, lekin u bir parcha non sadaqa qilib, keyin chiqdi, shunda Alloh osmondan ikki farishtani tushirib, ular bilan bizlarning birimizni mashriqqa, birimizni esa mag‘ribga uloqtirdi va bizning ishimizni Alloh uning sadaqasi barakasi bilan daf qilib yubordi", deyishdi «Durratun nosihiyn» Shu matn telegram kanallaridan biridan keldi. Shu haqida malumot bersangiz. Rost yoki yolgon?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahih emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar