Mazhab haqida

Assalomu alaykum! Hanafiy mazhabida suvda yashovchilardan faqat baliq halol degan hukm bormi? Bor bo‘lsa unga qaysi dalilni keltirgan? Savolim mazhab haqida asli dalil haqida emas. Bir odam hanafiy mazhabida namoz o‘qiydi va hanafiy mazhabiga ergashgan. Ammo unga krab tayoqchalari harom desam, u aytdiki “boshqa mazhabda halol bo‘lsa demak dinda bor va aniq bitta mazhabda yurish kerak degan so‘z yo‘q” dedi. Oxirgi gapiga ham dalil bormi? Men bu gapiga Shayx Hazratimizning kitobidan javob izlash ilinjida “Mazhabsizlik bid’atdir” degan kitobini o‘qib yana bir jumlani tushinmadim. Yani “Ayrim mazhabsizlar bilan tortishuv degan bobidagi faqat bitta mujtahidga ergashish harom deyilgan” deyilgan. Sababi bu narsani Alloh kifoya qilmaganu inson o‘ziga farz qilib olgani uchun harom deyilgan. Mujtahid degan mazhab imomlari nazarda tutilganimi? Inson bir mazhabda muqib bo‘lishi kerakmi? Yoki boshqasini to‘liq bilmasa ham boshqa mazhabning engilliklariga amal qilidhlik bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha “Bitta mazhabga ergashish yo‘q” deganlar to‘rt mazhabdan birini tutganlardan ham ko‘ra beshinchi mazhab o‘zlariga “salafiy” deb nom qo‘yib olganlarning mazhabini mahkam ushlab olishgan. E’tiqodda ibn Taymiya rahmatullohi alayhning mazhabidan chiqishmaydi, e’tiqoddan boshqa fiqhiy masalalarda Alboniy, bin Boz va Usayminlarning mazhabidan tashqariga chiqishmaydi. Ular nima degan bo‘lsa o‘shagina haq, boshqalar nohaq deb bilishadi. Aqllarini yuritib ko‘rsalar ular bitta mazhabni tutishda to‘rt mazhabni tutganlardan ko‘ra qattiqroq hisoblanishadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar