Ichadigan do‘stlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz sinfdosh do‘stlar tez-tez to‘planib osh uyushtiramiz. Oshda uch to‘rttasi aroq ichishadi. Qaytarishga ancha xarakat qildim, lekin qaytishmayapti. Endi ularga agar aroq ichishsalaring oshlarga qo‘shilolmayman deb aytmoqchiman. Lekin xammasi qadrdon, orasida namozxonlari xam bor. Oshlarga borishdan voz kechaymi rozi bo‘lishmasa yoki ular ichganda ko‘chaga chiqib ichib bo‘lishganda qaytib kelib ular bilan aloqani uzmaymi? Ichmaydigan do‘stlarim ularga ichma deyisholmaydi, qo‘rqishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz bu borada juda ko‘p javoblar berdik. Izlab ko‘rganingizda topar edingiz. Shunday bo‘lsada javob shuki Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: وَإِذَا رَأَيْتَ الَّذِينَ يَخُوضُونَ فِي آيَاتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ الشَّيْطَانُ فَلاَ تَقْعُدْ بَعْدَ الذِّكْرَى مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 68. Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!
Robbimiz “Men aroqni harom qildim, unga aslo yaqinlashmang” ma’nosida oyatni nozil qilgan bo‘lsa, siz do‘st deb bilganlar esa buni bir tiyinga olmay ochiq-oydin buni ziddini qilsa, siz yana ularni do‘st deb bilasizmi, birga o‘tiraverasizmi? Shumi iymon?! Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar