Shu daromad durustmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, kasbim savdo sotiq bilan bog‘liq. Biz chetdan mol olib kelib ko‘tarasiga sotamiz. Ma’lumki chetdan olinadigan maxsulot xorij valyutasiga olinadi. Savolim shundan iboratki: biz chetdan xorij valyutasiga olib kelgan maxsulotimizni o‘zimizni so‘m birligimizga qora bozorda belgilab qo‘yilgan miqdoridan sal yuqoriroq sotishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. (Bundan maqsad xorij valyutasini so‘mga nisbatan miqdori bir meyyorda turmasligi) Shunda yuqoriroq belgilangan ma’lum miqdorda pul foydaga qolishi kuzatiladi. Foydaga qolgan pulni shaxsiy extiyojimiz uchun ishlatsak durustmi? Jovob uchun oldindan rahmat! Alloh qilayotgan savobli ishilarni ajrini barakotli qilib bersin! Telegramm tarmog‘iga ham ushbu savol javobni joylashingizni iltimos qilardim chunki bunday xollar juda ko‘pchilikda uchraydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingizga oid mulk bo‘lsa, ortgani ham etmagani ham o‘zingizniki. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingizga oid mulk bo‘lsa, ortgani ham etmagani ham o‘zingizniki. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat