Ayol kishining ta’lim berishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayolim o‘rta maktabda chet tilidan dars beradi. Yaqinda bir dindan ilmi bor do‘stim ayol kishining ovozi ham avrat hisoblanadi, deb aytib qoldi. Agar shunday bo‘lsa, ayol kishining maktab yoki shunga o‘xshash muassasalarda ishlashi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlashi joiz. Shariat berkit degan joyini berkitib ishlasa bo‘ldi. Ovoz sahih qavlda avrat emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar