Ramazon oyidagi duolar!

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh boshlagan xayirliy ishlaringizni bardavom etsin! Savolim kuyidagicha: Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Ro‘za tutuvchiga iftori paytida ijobat bo‘ladigan duo bor», deganlar. Bu duolar qaysilar? Noo‘rin savol bergan bo‘lsam oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iftor vaqtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sunnat bo‘lgan bir duo bor. وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَفْطَرَ قَالَ: اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيُّ وَلَفْظُهُ: بِسْمِ اللهِ اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iftor qilsalar: «Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), der edilar». Abu Dovud va Tobaroniy rivoyat qilganlar. Tobaroniyning lafzida: «Bismillah. Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Bismillah. Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), deyilgan. Hadisdagi mustajob duodan murod kim shu vaqtda nimani so‘rasa ijobat bo‘ladi deganidir. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 159 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar