Marxumning kiyimlari

Assalomu alaykum! Yaqinda singlim olamdan o‘tdi, marxum singlimni kiyimlarini kiyish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizda meros masalalariga juda beparvolik qilinadi. Bir inson vafot topdimi kim bo‘lishidan qat’iy nazar undan qolgan har bir narsa, oddiy bir paypoq ham merosxo‘rlarning haqqi hisoblanadi. Hatto kasalligida ichgan dorilaridan qolganlari ham. Shariatga muvofiq taqsim qilinmasdan turib kimdir undan o‘ziga olib olsa o‘g‘irlik qilgan hisoblanadi. Garchi vafot topgan inson kimnidir o‘z otasi yoki onasi bo‘lsa ham. Mabodo vafot topuvchining balog‘atga etmagan farzandlari bo‘lsa buning hukmi yanada og‘irroq bo‘lib, bu etimni haqqini eyish bo‘ladi. Shuning uchun tezdan merosni biladigan biror olimga murojaat qilish kerak. Merosni Alloh taoloning O‘zi taqsimotini tayin qilib qo‘ygan. Hisobini chiqarishda murojaat qilinsa bemalol yordam berishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:22 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar