Kiyimsiz uxlash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, biz yotoqxonada yashaymiz. Dam olish, uxlash uchun joyimizga yotganimizda ba’zilarimiz kiyimsiz anig‘rog‘i birgina ichki kiyimda yopinmasdan uxlashadi, albatta bu issiq tufayli. Gohida shu holatda yotoqlarini parda bilan ham to‘sib olishadi. Shunday xolatda yotish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kindik bilan tizzaning orasini berkitish farz. Begonalar bo‘lganida ochish harom amal. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 224 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar