Hojatxona devoriga

Assalomu alaykum! Hojatxonaga har kirganda o‘rganishlik uchun devoriga o‘zbekcha-arabcha o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarni yopishtirsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oddiy lug‘at bo‘lsa, ixtiyoringiz. Oyat, hadis va zikrlar bo‘lsa umuman joiz emas. Najosat bor joyda Allohni zikr qilish ulkan gunoh. Xuddi shuningdek oyat, hadis va duolarni najosat hidi keladigan joylarga yopishtirib bo‘lmaydi. Tashqaridagi kirishdan avval yoki chiqqanidan keyin ko‘radigan joyga yopishtirsa zarari yo‘q. Fuqaholar qabrga qo‘yilgan mayyit chirib, badbo‘y xid tarqatishi e’tiboridan qabrga mayyit bilan birga oyat va hadis yozilgan narsalarni birga ko‘mishdan qattiq qaytarganlar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar