Qarzni olish

Assalomu alaykum! Do‘stim Rossiyaga ketayatib yo‘l kirasiga dollar qarz so‘ragandi. Men unga kurs bo‘yicha o‘zbek so‘mi bergandim. U haligacha kelgani yo‘q, kurs ham ko‘tarilib ketdi. Agar hozir kelsa u pulni qanday talab qilaman? So‘mmi yoki dollar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda qarzni nimada bergan bo‘lsa o‘shanda olinadi. Foyda keltirgan har qanday qarz ribodir Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning hayotini engillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o‘zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina haqli bo‘ladi. Agar qarz berishda biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa ham, biror foyda qo‘shib berish urfga kirib qolgan bo‘lsa, yoki kimdir qarz olib, uni qaytarayotganda unga foyda qo‘shib berishni odat qilib olgan bo‘lsa, olingan foyda harom hisoblanadi. Masalan, «Falon so‘m qarz bersangiz, uyimdan ijaraga foydalanib turasiz, savdodan tushgan so‘mning har kunligini olib, foydalanib turasiz», «Mol olishga ketadigan kunimiz sizdan valyuta olamiz, foydalanganingiz evaziga valyutani bozor narxidan arzonga berasiz», «Hozir shu mashinangni qarzga berib tursang, yilning falon vaqtida senga yangi mashina olib beraman» va shu kabi shartlar asosida qarz berib, biror qo‘shimcha manfaat olish haromdir. Qadimda musulmonlar o‘ziga qarz bergan kishining devori yoki daraxtining soyasidan foydalanishdan ham saqlanganlar. وعن إسماعيل بن إبراهيم بن عبدالله بن أبي ربيعة المخزومي، عن أبيه عن جده، أن النبي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم استلف منه حين غزا حنيناً، ثلاثين أو أربعين ألفاً، فلما قدم لقضاها إياه، ثم قال النبي صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «بارك الله لك في أهلك ومالك، إنما جزاء السلف الوفاء والحمد» رواه ابن ماجه والنسائي Abu Robi’a Maxzumiy otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hunayn kuni mendan o‘ttiz yoki qirq ming qarz oldilar. Hunayndan qaytgach, qarzlarini menga qaytardilar. So‘ng: «Alloh ahling va molinga baraka bersin! Qarzning mukofoti uni to‘lash hamda rahmat aytishdir», dedilar. Ibn Moja va Nasoiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:38 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar