Go‘sht savdosidagi holat

Assalomu alaykum! Biz 30.000 dan go‘sht olib, bozorda 33.000 dan sotamiz. Lekin shu kunlarda bozor xududa 29.000 narxdan oshiq go‘sht sotish ta’qiqlab qo‘yildi. Shu vaziyatda biz go‘shtning yoniga qo‘shimcha suyak qo‘shib 29.000 mingdan sotsak gunoh qilgan bo‘lmaymizmi? Albatta xaridorga suyaklarni ko‘rsatgan holda!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arzonroq joylarini topib so‘ying. Suyakning nisbatini xaridorga aytib sotilsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar