Yurak-qalb haqida
Assalomu alaykum! Xozirda ko‘pchilik yoshmi yoki yoshi katta odamlar orasida bir gapni eshitamiz “qalbga yurakka kimni yaxshi ko‘rishni buyurib bo‘lmaydi” degan. Va shu gapni orqasidan yosh qizlar oilali erkaklarga ko‘ngil berib zino qilishayotgani va buni sabab qilib “yurakka buyruq berib bo‘lmidi bu isbotlangan” degan gapni eshitamiz va yoki yoshi katta oilali nevarali erkaklar 20-23 yoshli qizlarga ko‘ngil berib oilasidan ajrashayotganini ko‘rish mumkun. Savolim shundan iboratki, bu yurakka buyruq berib bo‘lmaydi degan gaplar hammasi shayton vasvasasidanmi yoki xaqiqatdan xam Alloh inson qalbiga buyruq berib bo‘lmaydigan qilib yaratganmi? Shunga xech xam tushuna olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning bu gaplari oiladek muqaddas narsani haq-huquqlarini bilmaganlari, hamda zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni anglamagani va oqibatini o‘ylamaganlari uchun shunday bo‘lmoqda. Zino qaysi ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar haromdir, uni halol deb qilish kufrdir. Qalbga muboh narsalarda buyruq berilmaydi. Haromdan qalbini tiya olmagan insonni ichiga va yuragiga shayton uya qurib olgandir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar