Birovning haqqi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kasbim savdo-sotiq. Nasiyaga olingan molni pulini egasidan so‘ramasdan ishlatib yursa bo‘ladimi? Molni puliga egasi mol tugaganidan keyin keladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda mollarni nasiyaga olayotganlar shariatga zid tarzda “sotilganda pulini beraman” deb kelishishadi. Aslida “falon kunda pulini beraman” deb kelishish kerak edi. Nojoiz ishga ikkinchi bor yana qo‘shimcha tarzda sotilgan molni pulini boshqa ishga tikib, undan ham foydalanmoqchi bo‘lishadi. Ikkisi ham joiz emas. Mabodo nasiyaga narsa olib, “falon kuni beraman” deb kelishsa va o‘sha zohoti nasiyaga olingan molni boshqasiga naqdga sotsa, nasiyaga sotgan kishi kelishilgan muddatgacha pulni so‘rashga haqqi yo‘q, nasiyaga olgan ham naqdga sotib, pulini o‘sha kelishilgan kungacha berishi vojib emas. Kelishilgan muddat kelishi bilan kechiktirishga hech qanday haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar