Qasamga namoz kafforat bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men dinga tushunmaganligim sabablimi yoki boshqa sababmi juda ko‘p qasam ichganman va qanchaligini eslolmayman ham. Lekin bazi qasamlarimda shu qasamimni buzsam 100 rakat qazo namoz o‘qib beraman ham deganman. Shu gapim o‘zi joizmi? Miskinlarni taomlantirish, kiyintirish yoki qul ozod qilishga qurbi etmaganlar 3 kun ro‘za tutib berishi kerak ekan. Men qancha qasam ichganimni bilmayman men qanday kafforat qilishim mumkun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 100 rak’at namoz o‘qishingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam! Kafforat savolingizga quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/819

11 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar