Ro‘zador ayoliga yaqinlik qilsa

Assalamu alaykum! Romazonda ro‘zador kishi o‘z ayoliga yaqinlik qilsa ro‘zasi ochilmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ikkisining ham ro‘zadorligi esida yo‘q bo‘lsa, ochilmaydi. Lekin bilib turib bu ishni qilishsa, ro‘zalari ochilib kafforat vojib bo‘ladi. Agar ro‘zador ayolni eri majburlab yaqinlik qilsa va ayol unga norozi bo‘lsa, ikkisiga ham qazo vojib bo‘lib, eriga kafforat ham lozim bo‘ladi ayoliga faqat qazo lozim bo‘ladi. Agar avvaldan ayoli ham rozi bo‘lsa, ikkisiga ham kafforat lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar