Yuz pardozi
Bismillahir Rohmanir RohiymAssalomu alaykum!Alloh taolo xayri ishlaringizda O‘zi madadkor bo‘lsin.Sizga quyidagi savol bilan murojaat qilishga izn bergaysiz:Ayol kishining tabiatida ziynatlanish, pardoz qilishga bo‘lgan moyillik bor deb bilaman. Balki Alloh taolo ularning fitratiga buni O‘zi jo qilgandir.Men yaqinda oila qurdim. Men va ayolim hayot tarzimizning imkon qadar Islomga muvofiq bo‘lishini xohlaymiz. Islomda ayol kishiga yuzini ochib yurishga ruxsat berilgan. Taqvo yuzasidan yopib yurish ayol kishining ixtiyorida. Lekin hozirda bu holat mushkulroq bo‘lib qolgan. Ayolimda ham ko‘p ayollar qatori pordozlanishga istak-xohish bor. Qur’oni karimda er kishilar ayollarga rahbarligi aytilgan. Alloh taolo o‘zingiz va ahlingizni Jahnnamdan saqlang deb buyurgan. Shuning uchun ayolimning Shariatimizga muvofiq bo‘lishiga o‘zimni mas’ul deb bilaman. Ayol kishi ham har xir sharoitda bo‘ladi: uyda mahramlari orasida; biror hojati bilan ko‘chaga chiqadi; erkak ayol aralash bo‘ladigan to‘y-marosimlarga borishi bor. Begonalar ko‘zi tushishi mumkin bo‘lgan joylarda kiyininshda , albatta, Shariat ko‘rsatmalariga amal qilamiz. Lekin men yuz pardozidagi Shariatimiz mezonlarini yaxshi bilmayman. Sizdan iltimosimiz, bizga ayol kishining yuqorida ko‘rsatilgani kabi holatlarda yuz pardozidagi Shariatimiz ko‘rsatmalarini batafsil tushuntirib bersangiz.Javongiz uchun oldindan tashakkur. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofatlasin.Ilm va taqvoda yuqori darajalar ato qilsin.Assalomu alaykum va rahmatulloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
وعليكم السلام ورحمةاللهAvvalam bor qurgan oilangiz muborak bo‘lsin!Juda ham muhim masala haqida so‘rabsiz. Yaqinda talabimga binoan "Liboslar va ziynat fiqhi" degan kitobni keltirib berishdi. Bu kitob arab tilida, o‘qib, o‘rganish va tarjima qilishga bir oz muddat kerak bo‘ladi, shu kitob ichida siz so‘ragan narsalar bor, inshaolloh, sekin asta saytimizga qo‘yib borish niyatidamiz. Ungacha aytadigan gapim, shariatdagi umumiy qoida ayollar libosi va ziynati ila nomahram kishini e’tiborini o‘ziga jalb etmasligi lozim. Mahramlari oldida ziynatlanishga ruhsat berilgan. Albatta shariatdagi ziynatlanishni chegaralari bor, Alloh izni ila bu haqida tez orada batafsil gaplashamiz.
30 Aprel 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 179 | Ayollarga oid masalalar