Safardaga qasr namozi xaqida
Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari.Kitoblaringizdan birida musofir xaqida quyidagilar aytilgan:...Ba’zi bir ulamolarimiz esa mazkur masofaga borish bugungi kunda namozni qasr qiladigan safarga o‘xshamay qoldi. Balki, bundan bir necha barobar uzoq masofaga borib kelish ham oson bo‘lib qoldi. Shuning uchun safarni e’tiborga olishda masofa uzunligi emas, vaqtni e’tiborga olsak yaxshi bo‘ladi. Bir kishi odatda musofir qiladigan ishlarni; niyatni qilib, kerakli nar-salarni olib, ahli-ayoli bilan xayrlashib, tunashga uyiga qaytib kela olmaydigan darajada safarga chiqsa, haqiqiy musofir hisoblanadi, deydilar...Bu degani, borilgan masofa 88 km. dan kamroq bo‘lsa ham, 2-3 kunga, masalan taxminan 80-85 km. masofadagi tog‘ xududlariga dam olishga borilsa ham namozni qasr o‘qish mumkin bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz teskari gap aytmoqdasiz.
30 Aprel 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz teskari gap aytmoqdasiz.
30 Aprel 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 146 | Namoz