Namozga kech qolgan

Assalomu alaykum! Jamoat namoziga ulgurib kelgan odam imomni sajdada yoki avvalgi qadada topsa, takbirni aytib quloq qoqib tikka turgan holatda imomni kutib olishi mumkunmi yoki ularga qo‘shilishi shartmi? Savoldagi hato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom sajda yoki qa’dada topsa takbirni aytib sano o‘qiydi. So‘ng imomga qo‘shilib ketadi. Mabodo tik turgan holatda imomni kutib tursa ham namozi buzilmaydi. Shu o‘rinda keyin kelgan kishining sano o‘qishi haqida ma’lumot bersak. Kech qolib kelgan kishi ikki holatda ya’ni imom jahriy qilayotgan vaqtda hamda ruk’uda turgan holda kelsa, takbirni aytib sano o‘qimaydi. Boshqa barcha o‘rinlarda takbir aytib namozga qo‘shilganida sano o‘qiydi, so‘ng imomga qo‘shilib namozni ado qiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar