Muhtoj bo‘lgan odamga foyda qo‘yib sotish

Assalomu alaykum! Biror topilishi qiynroq buyum yoki shunga o‘xshash foydali narsalarni topa olmayotgan insonga, o‘sha buyumni yoki kerakli dori vositasimi va shunga o‘xshash narsani olib kelib o‘z narxidan qimmat aytib sotish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta joiz, lekin hayot moddiy boylikni ko‘paytirish bilangina emas. Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ارْكَعُوا وَاسْجُدُوا وَاعْبُدُوا رَبَّكُمْ وَافْعَلُوا الْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ۝ 77. Ey iymon keltirganlar! Ruku’ qilinglar, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, zafar topsangiz. “Muzzummil” surasida:وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ اللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ۝20...O‘zingiz uchun nima yaxshilik taqdim qilgan bo‘lsangiz, Allohning huzurida undan da yaxshiroq va ulkanroq ajrni topasiz. Va Allohdan mag‘firat so‘rang. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ وَلَا يُسْلِمُهُ، وَمَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ كَانَ اللهُ فِي حَاجَتِهِ، وَمَنْ فَرَّجَ عَنْ مُسْلِمٍ كُرْبَةً فَرَّجَ اللهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرُبَاتِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo bunday xabar qiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi Kim musulmondan bir tashvishni aritsa, Alloh undan Qiyomat kunining tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar