Yo‘l bo‘yidagi bavlchilar

Assalomu alaykum! Arzimas narsani yozib qimmatli vaqtingizni olganim  uchun uzr. Andijon Toshkent yo‘lida yurganda kap-katta befarosatlar  yonma-yon turishib  yo‘lning ichkarirog‘iga ham o‘tmay, shundoq yo‘lni bo‘yida siyib turishgan bo‘lishadi. Mabodo mashinada oilangiz va qizlaringiz  bilan o‘tib qolsangiz juda hijolatchilik bo‘ladi. Ular ham farosatini ishlatib ichkariroq kirib, odamlarni ko‘ziga tushmaslikka harakat qilsa buladiku. Bu haqida dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال اتقوا اللاعنين قالوا وما اللاعنان يا رسول الله قال الذي يتخلى في طريق الناس أو ظلهم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Ikki la’nat(keltiradigan) ishdan saqlaninglar” delilar. “Yo Rasululloh u ikki la’nat keltiruvchi ish nimadir” deyishdi. U zot “Odamlarning yo‘li hamda soyalanadigan joyga hojat chiqaruvchi” dedilar. Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar