Kafeda ortib qolgan narsalar halolmi?

Mening onam kafeda ishlaydilar. Shu kafega kelgan odamlar pulini to‘lab eb ichib ketishadi, va ko‘pincha upakovkada shakar qolib ketadi. O‘sha oshgan shakarlarni ofitsiantlar qaytarib olib kirishadi va axlatga tashlashadi. Shunda onam axlatga tashlashidan oldin, shu butun upakovkali shakarlarni olib qolib, uyga olib keladilar. Shu shakar bizga halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Egasi rozi bo‘lsa halol.

26 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar