Tajvidsiz o‘qigan namozlarim
Assalomu alaykum! Namoz o‘qish uchun suralarni yod olyotganimda kril xarfida yozilgan kitobdagi tarjimadan suralarni ovozli yozilganidan foydalanib yod olganman. O‘qigan namozlarim tajvid qoidalarini bilmaganim uchun qabul bo‘ladimi? Vaqtida o‘qilmagan qazo namozlarim bor. Xozir ikkilanib turibman tajvid qoidalarini bilmaganim uchun qazo namozlarimni o‘qishga ikkilanib turibman. Tajvid qoidalarini o‘rganish uchun 3 oylik kursga ariza topshirgan edim. 2 yoki 3 yilda navbatiz keladi deyishdi. Tajvid qoidalarini o‘rgangunimcha 5 maxal namozni va qazo namozlarimni o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezroq arab tilida o‘qishni o‘rganish harakatida bo‘ling, hozirgi kunda arab tili kurslariga borib arab kalimalarini talaffuzini o‘rganish mumkin. O‘rganish sizning zimmangizga farzi ayn. To‘liq o‘rganguningizcha o‘qigan namozlaringizni qayta o‘qimaysiz. Qazolaringizni o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 183 | Namoz