Do‘stimning holati
Assalomu alaykum! Bizni mahallada bir bola bor, uni 3 yoshligida otasidan ajratib olgan bobo va tog‘alari oyisi bilan birga otasini urib haydab yuborishgan. Ular o‘zim boqib olaman o‘zimiz qaraymiz deyishgan, lekin o‘zlariga quldek qilib olishgan hamma tog‘alari ishini qildiradi uradi so‘kishadi kamsitishadi qish sovuq qor yomg‘irda mollari dalaga chiqartirib boqtirishadi juda ko‘p azob berishgan. Afsus u bola rahmat eshitmay katta bo‘lgan. Hozir ulg‘aydi, yoshi 23da, endi bobosi uyidan haydayapti, vaqtida “o‘zim uylantiraman” degan odamlar endi boshqacha. Savolim do‘stimga nima maslahat beray etimni boqib olib shunaqa qilishga haqqi bormi ularni? Do‘stim uy joy olaman deb rosa yugurdi, ishladi, lekin omadi chopmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqi yo‘q. Ular etim bolaga oq bo‘lishibdi. Aslida u bolaga islomiy tarbiya hamda halol biror kasbni o‘rgatishlari kerak edi. Do‘stingiz namoz o‘qisin, pokiza hayotni tanlasin va peshonani sajdaga qo‘yib Alloh taologa astoydil iltijo qilsin. Otasi bilan aloqasini tiklasin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 207 | Oila va turmush