Abu Hanifa haqlaridagi rivoyat
Assalomu alaykum! Islom.uz saytida kelgan bir hikoya bo‘yicha savol tug‘ilib qoldi: "Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Muhammad ibn Hasandan rivoyat qilinadi: «O‘g‘rilar bir kishining uyiga kirib, qimmatbaho narsalarini olishdi, chiqib ketayotib, uy egasiga «Biron kishiga aytsam, xotinim uch taloq bo‘lsin» deb qasam ichirishdi. U har kuni bozorda o‘zining buyumlari sotilayotganini ko‘rib, ichi ezilar, lekin ichgan qasami tufayli hech kimga bu haqida ayta olmasdi. Nihoyat, u mol achchig‘ida Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan maslahat so‘radi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh «Mahallangning imomi bilan muazzinini chaqirib kel», dedilar. Ular kelgach, «Alloh bu kishiga buyumlarini qaytarishini istaysizlarmi?» deb so‘radilar. Ular: «Ha», deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa, o‘zingiz bilgan o‘g‘riyu muttahamlarni masjid yoki biror hovliga to‘plab, bitta-bitta chaqirasizlar. Har birini bu kishiga ko‘rsatib, «Mana bu o‘g‘rimi?» deysizlar. O‘sha kungi o‘g‘rilar bo‘lmasa, «Yo‘q, bular emas» deysiz, o‘shalar bo‘lsa, indamaysiz. Bu kishi indamagan odamni ushlaysizlar» deb, masalani echib berdilar. O‘g‘rilar ushlandi, bu kishi ularning o‘g‘ri ekanini aytmadi, shuning uchun taloq tushmadi. O‘g‘irlangan narsalar egasiga qaytarib berildi. «Solihlar gulshani» kitobidan ". Bu erda uy egasi masalani mazhabboshimizga aytganida axir taloq tushmaganmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalani aytganu, lekin o‘g‘rilarni kimligini aytmagan. Ular o‘zlarini kimligini aytsa taloq tushishini qasamini ichirgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalani aytganu, lekin o‘g‘rilarni kimligini aytmagan. Ular o‘zlarini kimligini aytsa taloq tushishini qasamini ichirgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar