Buyurtmadan boshqasini olib kelsa qaytarish kerakmi
Assalomu alaykum! Savolim savdo soxasida. Xitoy tovarlari bilan savdo qiladigan onlayn magazindan ya’ni telegram kanaldan ukalarim uchun xar hil kurtkalar zakaz qildim. Zakazimda har bir kurtkani rasmiga qushib rangi va razmerlarini(46-48) qo‘shib yozib yubordim. Tovarni yarim pulini tuladim, opa zakazimni qabul qildi, bergan zakazimni men bergan ma’lumotlarim bilan tasdiqladi, ya’ni falonchi kurtka, rangi bunday, razmeri bunday, buncha summa to‘landi deb bergan zakazimni o‘zimga tasdiqlatdi. Bir necha kundan keyin sotuvchi opa kurtkalarni almashtiring, siz zakaz qilgan kurtkalar sifatsiz ekan deb yozib qoldi. Va menga bir nechta kurtkalarni rasmini jo‘natdi. Men xar hil kurtkalarni qayta tanladim va yuqoridagidek kurtkalarni rasmlariga qo‘shib razmerlarini va rangini ham yozib jo‘natib yubordim, faqat kurtka razmerlarini almashtirdim ya’ni 46-48 emas 48-50 razmerlarni yozib jo‘natib yubordim. Sotuvchi opa esa zakazinmi qabul qildi ammo yuqoridagidek zakazimni o‘zimga tasdiqlatmadi. Oradan 1 oy o‘tib bergan zakazlarim keldi. Opa menga zakazim kelgani haqida yozdi. Zakazimni qolgan yarim pulini+kargo puli+pochta pulini to‘lab, 2 kun deganda zakazimni qo‘limga oldim. Ochib ko‘rsam men zakaz qilgan kurtkalar emas boshqa kurtkalar kelgan, ya’ni men har hil kurtka zakaz qilgandim, opa menga bir xil kurtka jo‘natgan, buni ustiga razmerlarini almashtirmagan, 46-48 razmerli kurtkalar kelgan. Opaga bu xaqida habar qildim. Kurtkalarni bir xil kelganiga ko‘z yumdim ammo razmerini almashtirmabsiz desam, o‘ziz zakaz qilgan kurtka dedilar. Hullas opa kurtkalarni almashtirganlaru lekin razmerlarni almashtirmagan, hatto etibor ham bermagan razmerlari almashganiga. Buni sababini so‘rasam, razmer almashdi deb aytishingiz kerak edi deb baxona qildi. Chunki men kurtka almashtirganimda razmerlarini ham almashtirib yozib yuborgan edim, opa buni ko‘rgandi. Opa zakaz urganda kurtkalarni almashtirgan lekin razmerini almashtirmagan shekilli. Hullas kurtkalar ukalarimga kichik keldi. Opa esa etiborsizligini tan olmadi, o‘ziz bergan zakaz, aytish kerak edi deb turib oldi. Men ham falon summaga kuyib qolishni xohlamayman albatta. Bunday vaziyatda bizga qanday echim bor? Ustozlar juda hunuk vaziyat ammo yordamingizga muxtojmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar buyurtmalar siz aytgan sifatda va siz aytgan razmerda bo‘lmasa, olmaslikka haqqingiz bor. Mabodo kelishishga yo‘l bo‘lsa kelishishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar buyurtmalar siz aytgan sifatda va siz aytgan razmerda bo‘lmasa, olmaslikka haqqingiz bor. Mabodo kelishishga yo‘l bo‘lsa kelishishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat