Taxorat vaqtida

Assalomu alaykum! Bermoqchi bo‘lgan savol taxorat haqida edi. Malumki taxorat boshida inson o‘z avratini chap qo‘li bilan yuvadi. shundan song o‘ng qo‘l bilan yuzini yuvadi og‘zini chayadi. Boshga masx tortayotganda chap qo‘l va o‘ng qo‘lda tortsa bo‘ladimi yoki bundayam faqat o‘ng qo‘lni ishlatish kerakmi? 2). Taxoratdan so‘ng o‘qiladigan duolar bormi? 3). Bir joyda sajda payti oyoqlar teng xolda turishligi kerak unday bo‘lmasa namozni savobi kamayadi deb yozipti. 1-sajdadan so‘ng 2-sajda vaqtida bazida menda oyoqlarim teng xolatda bo‘lmaydi shuning uchun namozim savobi kamayyaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ikki qo‘lida mash tortadi. 2). Hadisda quydagicha keladi: عَنْ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ يَتَوَضَأُ فَيُحْسِنُ الْوُضُوءَ ثُمَّ يَقُولُ حِينَ يَفْرُغُ مِنْ وُضُوئِهِ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّداً عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ إِلَّا فُتِحَتْ لَهُ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ الثَّمَانِيَةُ يَدْخُلُ مِنْ أَيِّهَا شَاءَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ: اللَّهُمَّ اجْعَلْنِي مِنَ التَّوَّابِينَ وَاجْعَلْنِي مِنَ الْمُتَطَهِّرِينَ  Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar sizlardan birortangiz tahorat qilsa-yu, tahoratini yaxshilab qilsa, so‘ngra tahoratidan forig‘ bo‘lishida: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rosuluhu», deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochilur va u xohlaganidan kirur», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Termiziy esa:
«Allohumma ij’alniy minat-tavvabiyna va ij’alniy minal mutatohhiriyn»ni ziyoda qilgan. 
3). Bunchaligi joiz. Qasddan qilmasangiz savobi kamaymaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar