Kirill harfidagi suralar
Assalomu alaykum! Qur’oni Karimning krill yoki lotin alifbosidagi suralar mujassamlashgan kitobni qaerdan topish mumkin? Arab alifbosidagi oyatlarni o‘qiy olmayman, shuning uchun krill yoki lotin yozuvidagi kitoblarni topishda yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday kitoblarni bilmaymiz. Siz arab alifbosida o‘qishni o‘rganing va biror mutaxassisdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘qiyotganligingizni tekshirtirib oling. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol»da ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 05:31 | Savol-javoblar | 186 | Ta’lim va muta’allim