Olamni yaratilishi xakida
Assalomu alaykum, xurmatli Shayx Xazratlari ! Muborak Qur’oni Karimning Fussilat surasi 12-oyatida quyidagilar yozilgan. «Bas, ikki kunda etti osmonni barpo qildi va xar bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vaxiy qildi. Biz quyi osmonni chiroklar (yulduzlar) bilan bezadik va (uni ofatlardan omon) saqladik. Bu Qudratli va Bilimli Zotning taqdiri va o‘lchovidir» Astronimiya faniga qizikishim bois, shu yo‘nalishda ko‘p izlanishlar olib boraman. Xususan olamning yaratilishi haqidagi Qur’oni Karimdagi ma’lumotlarni dunyoviy fanlar kashf etgan qonuniyatlar bilan solishtirib, fan va dindagi tushunchalarning moxiyatini chuquroq anglashga xarakat qilaman. Birgina yuqorida keltirilgan oyatda «ikki kun», «etti osmon» «xar bir osmonning vazifasi», «quyi osmon» «uni ofatlardan saqladik» deb aytilgan so‘zlaridagi tushungan tushunchalarimni sizga aytib o‘tsam. Yozganlarim ko‘p bo‘lsa, oldindan uzr so‘rayman. 1. Oyati karimaning boshlang‘ich qismida «Ikki kunda etti osmonni barpo qildi» deb ma’lumot berilmoqda. Bundan butun olamning etti qavat somondan iborat ekanligi va uni Allox Taolo tomonidan ikki kunda yaratilganligi ma’lum bo‘lmoqda. Astronomiya fani olamni paydo bo‘lishiga «Katta portlash voqeasi» turtki bo‘lgan deb olamni xozirgi kundagi ko‘rinishga kelguncha bir necha milliard yillar o‘tkan deb xisoblaydi. Ammo fan Allox Taoloning qudratiga baxo bermasdan qaysidir ma’noda mana shunday tushunchani ilgari surib keladi. Allox Taolo bizlarga ishora kilayotgan o‘sha «ikki kun» yaratganning o‘z o‘lchovida bo‘lib, bu inson ongidagi bir necha milliard yillarga teng bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelsam adashmaymanmi ? 2. O‘zingizga ma’lum Qur’on Karimdagi ba’zi oyatlaridagi «osmon» tushunchasi astronomiyadagi «kosmos» tushunchasi bilan bir xil tushunchadir. Oyati karimada yana «quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan ta’minladik» deyilmoqda. Bu bilan etti qavat osmonning eng quyi qismini yulduzlar bilan ta’minganligi ko‘rsatib o‘tilmoqda. Kosmos asosan minglab galaktika guruxlaridan, galaktikalar guruxlari esa minglab galaktikalardan, o‘z navbatida gallaktikalar bir necha milliard yulduzlar va ularning atrofida xarakatlanadigan sayyoralardan iboratdir. Tasavurimdagi «osmon»ning maydoni tassavur qilib bo‘lmas darajada o‘ta ulkandir. Demak fanga ma’lum bo‘lgan kosmos asosan yulduzlardan iboratdir. (Fan xozirga kadar kosmosda qancha galaktikalar va o‘zimiz yashab turgan galaktikamizda nechta yulduzlar borligini aniq ko‘rsatib bera olmaydi) Xulosa shuki fan xaligacha aniqliklik kirita olmagan bu ulkan «maydon»ni «quyi osmon» deb tushunsam noto‘gri bo‘lmaydimi ? 3. Alolox Taolo oyati karimada «etti osmon»dan, faqat birgina «quyi osmon»ga nisbatan izoh, ya’ni ma’lumot bermoqda. Qolgan olti osmon xaqida esa ma’lumot yuq. Bundan tashqari xar bir «osmon»ga «buyurilgan vazifa»lar xam shu qatoridadir. Demakki «quyi osmon» shunchalik ulkanlikga ega bo‘lsa, qolgan «osmon»lar xaqidagi tushuncha inson ongiga og‘irlik qilishi va bu ma’lumot inson ongidan tashqarida deb tushunsam noto‘g‘ri bo‘lmaydimi ? Umumiy xulosa qilib «Allox Taolo o‘z naznida (o‘z o‘lchovida) butun borliqni (osmonlaru erni) ikki kundan yaratdi, balki bu «ikki kun» insonlar ongidagi milliard yillarga teng bo‘lishi xam mumkindir*. Ojiz bandalar onglariga og‘irlik bo‘lmasin deb faqatgina, quyi osmon to‘g‘risida ma’lumot berdi**. Allox Taolo «etti osmon»dagi barcha narsalarni bir biriga bog‘ladi***, Ulkan yulduzlardan tortib, eng mayda zarralargacha ma’no-moxiyat-mazmunini (ruschasiga «smыsl») ularning «qalbiga» kiritdi va ularni o‘ziga bo‘ysundirdi. Allox Taolo insonni mana shu «osmon»dagi «Er» deb atalmish sayyorasida yashashligi uchun butun olamni (etti osmon nazarda tutilmokda) mana shunday murakkab, o‘z navbatida aniq muvozanat va o‘lchov bilan yaratdi****. Chunki biz yashayotgan «Er» sayyorasi quyoshga, quyosh esa galaktikamizga, galaktikamiz esa galaktiklar guruxiga, galaktikalar guruxi esa «qo‘yi osmon»ga, «quyi osmon» esa qolgan olti osmonga bog‘likdir. Mana shu birgina «bog‘liklik» degan tushuncha o‘z ichiga minglab, kerak bo‘lsa millionlab umumiy fizika, umumiy kimyo (ximiya) va bizga ma’lum bo‘lmagan qonun-qoidalarni o‘z ichiga oladi. Bu «bog‘liqlik» degan tushuncha «xar bir osmonning vazifasidir». Bu Qudratli va Bilimli Zotning taqdiri va o‘lchovidan dalolatdir.» Xurmatli Shayx Xazratlari, mana shu «xulosa» olib borgan izlanishlarim natijalaridan bir qismi. Albatta bunday ishlarda Sizday olim insonning ko‘magi va maslaxati beqiyosdir. Xato va kamchiliklarim bo‘lsa ko‘rsatsangiz, nimalarga ko‘proq e’tibor qaratishimga maslaxat bersangiz. Oldindan Sizga tashakur bildiraman. Allox Taolo Sizdan rozi bo‘lsin. Qo‘yidagi satrlarda mana shu xulosaga kelishimga sabab bo‘lgan oyatlar ko‘rsatilgan. --------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------* «Naxl» surasi 77-oyat. «Osmonlar va erdagi g‘ayb-sirlarni (bilish) Allohga xosdir. Soat-qiyomat amri (ya’ni qiyomatning qoyim bo‘lishi) ko‘z ochib yumguncha, yo undan-da tezdir. Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.»**«Xud» surasi 123-oyat. «Osmonlar va erning sirlari yolg‘iz Allohnikidir va barcha ishlar Uning O‘ziga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va O‘ziga suyaning! Parvardigoringiz sizlar qilayotgan amallaringizdan g‘ofil emasdir.»***»Baqara» sura 29-oyat. «U shunday Zotki, sizlar uchun Erdagi barcha narsani yaratdi. So‘ngra samoga yuzlandi-da, ularni etti osmon qilib tikladi. U hamma narsani Bilguvchidir.» ****«Xud» surasi 7-oyat. «U (Alloh) sizlarning qaysilaringiz yaxshiroq ish-amal qilib yashashingizni sinash uchun olti kunda osmonlar va erni yaratgan zotdir. Ilgari u zotning arshi suv ustida (ya’ni, u arsh ostida suvdan bo‘lak hech narsa yaratilmagan) edi. (Ey Muhammad alayhissalom), qasamki, agar siz: «Shak-shubhasiz, o‘lganingizdan keyin qayta tirilursizlar», desangiz, albatta kofir bo‘lgan kimsalar: «Bu ochiq sehr-jodudan o‘zga narsa emas», deydilar.»
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men ham shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim. Bu kabi holatlarda Qur’oni Karimning ma’nolar tarjimasi emas, tafsiri ko‘proq foyda beradi. Unda musulmon ulamolarning oyati karimalarni tushunishdagi ijtihodlari ham bo‘ladi. Endi, siz o‘rganishga harakat qilgan oyati karimalarning “Tafsiri Hilol”da qanday kelganini o‘rganib chiqaylik.Alloh taolo “Fussilat” surasida marhamat qiladi:“Bas, ikki kunda etti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik. Bu aziyzu o‘ta ilmli Zotning o‘lchovidir” (12-oyat).Keyin Alloh taolo o‘sha tutun(gaz)dan:«Bas, ikki kunda etti osmonni barpo etdi...»Bu ishlarni Allohning O‘zi biladi. Insonga esa erga yaqin turgan osmondan ba’zi narsalarni bildirib qo‘ygan, xolos. Shunday qilib, osmonlaru er olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning O‘zigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni ko‘z ochib yumguncha yaratar edi, lekin bandalariga puxtalikni o‘rgatish uchun shoshilgani yo‘q, deydilarIkki kunda etti osmonni yaratgan Zotga kufr yoki shirk keltirib bo‘ladimi?!«...va har bir osmonga ishini vahiy qildi.»Har bir osmonda barcha ish Bizning vahiyimiz asosida, o‘sha vahiyga binoan bo‘ladi, deb belgilab qo‘ydi.Yo Alloh! Bu naqadar ajoyib! Naqadar ibratli! Inson umuman tasavvur ham qila olmaydigan etti osmonning barchasida hamma ishlar Allohning vahiyi bo‘yicha bo‘lsa-yu, hech narsaga arzimaydigan inson o‘ziga Alloh tomonidan maxsus yuborilgan vahiyni inkor etsa! Etti osmondagi butun mavjudot Allohning vahiyi bilan ish ko‘rsa-yu, yaqin osmondagi Er deb atalmish bir zarrada yashovchi «inson» atalmish ojiz bir jonzot Allohning vahiyini inkor etib, o‘zicha turli yo‘llar bilan ish ko‘rib yursa! Inson degani naqadar jinoyatchi maxluq! Inson degani naqadar noshukr maxluq! Inson degani naqadar o‘zidan ketgan, kibru havoga berilgan maxluq!Axir, hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p va katta bo‘lgan etti osmonning har birida Allohning vahiysi asosida ish ko‘rilsa-da, inson Allohga kufr keltirib o‘tirsa, shu to‘g‘ri bo‘ladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? O‘ziga kelgan vahiyni afsona, yolg‘on, sehr, to‘qilgan uydirma, deyishi aqldanmi?! Bu vahiy eskirib qoldi, zamonga to‘g‘ri kelmaydi, deyishi to‘g‘rimi?! Alloh vahiy qilgan dasturni qo‘yib, o‘zi to‘qib chiqargan dastur asosida yashashi joizmi?!«Biz, dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik.»Ya’ni, insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. O‘sha yulduzlar ila osmonni qo‘riydigan ham qilib qo‘ydik. O‘sha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qo‘rib turadilar.Inson boshi ustidagi bepoyon osmonning bir qismidan jinday xabardor, xolos. Bu osmon, ba’zi ulamolar aytishlaricha, shunchalik kattaki, undagi quyosh sistemasining diametri yuz milliard yorug‘lik yiliga tengdir. Yorug‘lik esa, bir soniya(sekund)da bir yuz sakson olti ming mil tezlik bilan harakat qiladi. U tezlikni daqiqaga, soatga, kunga, oy va yilga ko‘paytirsak va so‘ngra natijani yuz milliardga ko‘paytirsak, bizga yaqin osmondagi quyosh sistemasining diametri qancha ekanini bilib olamiz. Ana shu osmonni Alloh taolo yulduzlar ila bezab qo‘yibdi. Bu yulduz(chiroq)larning soni haligacha aniq emas. Ayrimlarining kattaligini ba’zi ulamolar taxmin qilganlari ma’lum. Bu narsalarni yaratgan zotni o‘ylab, Uning qudratiga qoyil qolamiz, xolos. Shunday qudratli zotga kufr va shirk keltirayotgan, Uning vahiyi asosida yashamayotgan insonlar haqida o‘ylab esa, inson naqadar johil, naqadar insofsiz, naqadar nonko‘r ekanini tan olmasdan iloj qolmaydi.«Bu aziyzu o‘ta ilmli Zotning o‘lchovidir.»Yuqoridagi narsalarning barchasi hammadan ustun va g‘olib bo‘lgan zot – Allohning o‘lchovidir, qilgan taqdiridir. Alloh aziyz (hammadan kuchli, g‘olib va ustun) bo‘lgani uchun ham o‘sha narsalarni yaratdi, o‘lchovli qilib qo‘ydi. Ammo, Alloh yaratib qo‘ygan narsalarni to‘liq idrok qila olmagan inson, Alloh bergan aql bilan ularning hisobiga ham eta olmay yurgan inson esa, kibru havo ila Allohga kufr keltiradi. Uni inkor etadi. Dinini inkor etadi. Shariatini inkor etadi. Vahiyini inkor etadi. Axir, shunday Allohga kufr keltirib bo‘ladimi?! Axir, shunday Allohga shirk keltirib bo‘ladimi?!«Nahl» surasi 77-oyat: «Osmonlaru erning g‘ayb(ilm)i Allohnikidir. Soat (qiyomat) ishi esa, ko‘z ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir».Alloh taoloni inkor etib, unga kufr keltirib, mushrik bo‘lib yurgan kimsalar bilib qo‘ysinlarki:«Osmonlaru erning g‘ayb(ilm)i Allohnikidir».Bandalari uchun g‘ayb bo‘lgan olamni faqat Alloh taologina biladi. Undan boshqa hech qanday zot g‘aybni bila olmaydi. Osmonlar va erdagi barcha g‘ayblarni faqat Allohgina biladi. Ana o‘sha g‘ayb narsalardan eng ko‘p so‘raladigani qiyomat kuni bo‘lib, uning nomlaridan biri «Soat»dir. O‘sha Soat qachon kelishi ham faqat Allohning O‘ziga ayondir.«Soat (qiyomat) ishi esa, ko‘z ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir.»Ya’ni, qiyomat juda yaqin. Uning kelishidan g‘ofil qolmang, tayyorgarligingizni ko‘ring. U juda ham tez bo‘lib qolishi mumkin. Alloh taolo «Bo‘l!» desa, bas. Bir zumda, ko‘z-ochib yumguncha yoki undan ham tezroq bo‘lishi mumkin. Bunga hech shubhalanmay, tayyorgarligingizni ko‘ring.«Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.»Jumladan, qiyomatni qoim qilishga ham.«Hud» surasi, 123-oyat:«Osmonlaru erning g‘aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g‘ofil emasdir».Intizor bo‘lib kutilayotgan narsa g‘aybdir. G‘aybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning O‘zi biladi, xolos. Chunki:«Osmonlaru erning g‘aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir».Kofirlarga azob, mo‘minlarga najot qachon kelishini Alloh biladi.«Ishning barchasi Unga qaytarilur.»Mo‘minlarning ishi ham, kofirlarning ishi ham, boshqa ishlar ham faqat Allohga qaytadi. Bu ishlar ustidan faqat Alloh hukm chiqaradi. Shunday bo‘lganidan keyin:«Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil».Undan boshqaning aytganini qilma va Undan o‘zgaga suyanma.«Robbing qilayotganlaringizdan g‘ofil emasdir.»Hammasini ko‘rib, bilib turibdi.Baqara surasi, 29-oyat:«U – er yuzidagi barcha narsani sizlar uchun yaratgan, so‘ngra osmonga yuzlanib, ularni etti osmon qilib to‘g‘rilagan Zotdir. Va U har bir narsani biluvchidir».Er yuzidagi barcha narsaning inson uchun yaratilgani haqidagi xabar insonni ulug‘lashdir. Modomiki, bu dunyodagi hamma narsani Alloh inson uchun yaratgan ekan, demak, inson hamma yaratilganlarning ulug‘idir. Er yuzida insondan ulug‘ maxluq yo‘q. Inson Allohning er yuzidagi xalifasi. Maxluqotlardan birortasi insondan ustun bo‘lishi mumkin emas. Hamma narsalar inson uchun, insonning saodati uchun bo‘lishi kerak.Alloh dunyodagi jamiki narsalarni insonga hadya etgan ekan, inson ham, o‘z navbatida, o‘sha ne’matlarni bergan Zotga shukr qilib yashamog‘i lozim.Hol shunday ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?! Alloh taolo dunyodagi jamiki narsalarni yo‘kdan bor qilib yaratgan ekan, o‘lgan insonni qayta tiriltira olmasmidi?!Oyatning oxirida:«Va U har bir narsani biluvchidir.», deb ta’kidlanmoqda. Haqiqatan shunday. U kofirlarning ishlarini ham bilib turibdi. Ular U Zotdan qo‘rqmaydilarmi?! Nimalariga yoki kimlariga ishonib Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?!«Hud» surasi, 7-oyat:«U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko‘rish uchun olti kunda osmonlaru erni yaratdi. O‘shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o‘limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o‘zga narsa emas», derlar».Bu oyatda ham Alloh taoloning ta’rifi davom etmoqda. Alloh osmonlaru erni olti kunda yaratgan Zotdir. Bu haqda o‘tgan «Yunus» surasi tafsirida batafsil gapirilgan. Ushbu oyatda esa, osmonlaru erni yaratishdan maqsad odamlardan qaysilari yaxshiroq amallar qilishini sinab ko‘rish ekanligi ta’kidlanmoqda.«U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko‘rish uchun olti kunda osmonlaru erni yaratdi.»Shuningdek, Allohning Arshi va uning turgan joyi haqida ham ma’lumot kelmoqda: «O‘shanda Arshi suv ustida edi».Demak, Alloh taolo osmonlaru erni yaratgan vaqtda Uning Arshi suv ustida bo‘lgan ekan. Shuning o‘zini bilishimiz kifoya. Allohning Arshi bor ekan. O‘sha paytda bu Arsh suvning ustida turgan ekan. Bo‘ldi, bundan boshqasi ortiqcha. Bunaqa, g‘aybiyotga tegishli masalalar atrofida ovora bo‘lib, vaqt va aql-zakovotni behuda sarflagandan ko‘ra, ko‘proq yaxshi amallarni qilib, sinovdan yaxshi o‘tishga uringan ma’qul.Chunki, albatta, o‘limdan keyin tirilish bor. O‘shanda bu dunyoda qilingan amallarning so‘roq-savoli bo‘ladi. Ana o‘shanda iymonu amali solihgina foyda beradi.«Agar sen: «Sizlar o‘limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang...»Ha, bu haqiqatni kofirlarga aytsang, ishonmay inkor etadilar:«Bu ochiq-oydin sehrdan o‘zga narsa emas», derlar».Ular qayta tirilishga, oxirat azobiga ishonmaganlaridek, bu dunyoda azobga duchor bo‘lishlari mumkinligiga ham ishonmaydilar.«Olti kun» masalasiga kelganda, ba’zi ulamolar: bu dunyoning kunlariga o‘xshash kunlar, Alloh «bo‘l» desa bo‘lib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay puxta ish qilishni o‘rgatish maqsadida shunday qildi, deydilar.Boshqalari esa: «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning O‘zi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru er yaratib bo‘lingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar.Siz bu kabi narsalarni o‘z mutaxassisligingiz asosida o‘rganib borishingiz va ularni musulmon ulamolar ijtihodi bilan solishtirib ko‘pchilikka taqdim qilishingiz o‘ta foydalidir.
20 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 210 | Qur’oni karim