Oila kurish Ota-ona roziligini olish

Shayx hazratlari! Sizdan bir muammolik masalada maslahatingizga muhtoj edik. Bir o‘rtog‘im bir qizni yoqtirib qolgan, kiz ham befarq emas. Bolaning ota onasi u chet el davlatida bo‘lganida (uyda bo‘lmagan) paytda rozi bo‘lishgan. Qiz tarafning ota-onasi ham rozi bo‘lgan va shu asnoda barcha sovchilarni qaytara boshlagan. Lekin bola uyga kelgach, qizni ota-onasi tarafni xamma tomonlari yoqgan bo‘lsa ham bolaning ota-onasi fikrini o‘zgartirib qarshi chiqmoqda. Avvallari bolaning onasi katta o‘g‘lini avtohalokat tufayli yo‘qotganligi sababli, katta o‘g‘lini vafotida xotinini aybdor qilib bilib vahimaga tushib, hozirda bu bolasini xam uylanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shuning uchun sizdan bolani qanday yo‘l tutishini so‘ramoqchi edik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Katta kishilar ota va onaga nasihat qilishsin.

26 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar