Musulmonlarning boshqa diyorlarda yashashlari

Musulmon ummatini barcha ummatlarning eng afzali qilgan Allox Subhanahu va Ta’ologa be’adad hamdu-sanolar bo‘lsin. O‘z ummatiga shafoatchi bo‘lgan suyukli payg‘ambarimiz Muhammad :sawga durudu-salovotlar bo‘lsin. Xurmatli ustoz!!! Savolim quyidagicha:Ma’lumki, xozirgi kunimizda dunyoning deyarli barcha diyorlarida musulmonlar yashamoqda. Xattoki AQShda ham... U mamlakatlarda ular, ya’ni musulmonlar, tinch yashashadi, ishlashadi va soliq to‘lashadi. Ushbu soliqlar qaerga sarf qilinishini ko‘pchiligi nomusulmon bo‘lgan senator va deputatlar muhokama qilishadi. Xususan, AQSh tomonidan Iroq va Afg‘onistonda "demokratiya o‘rnatish" kampaniyasiga juda ham katta mablag‘ ajratilgan. O‘sha "demokratiya o‘rnatish" aslida "Islomga urush" bo‘lgan. Ustoz, iltimos, tushuntiring, qaysi dalilga asoslanib ulamolar musulmonlarga dorul-harbda yashashga ruxsat berishgan? Ushbu holatda musulmonlarning to‘lagan soliqlari o‘z dindoshlariga zarar keltirishi sababli ular gunoxkor bo‘lmaydilarmi? Jabobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha davlatlar ikki yoki undan ko‘p musulmonlari ko‘p davlat urush olib borishlari bilan birgan qolgan barcha musulmonlar yashaydigan davlatlar bilan diplomatik aloqalari bor. Shuning uchun ulamolar musulmonlar ularning yurtida yashashalariga ruxsat berishgan.

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar