Har bir qavm boshlig‘i o‘z qavmi uchun javobgardir

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. “Oltin silsila” kitobida bir hadisda payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallam «har bir qavm boshlig‘i o‘z qavmi uchun javobgardir» degan ma’noda hadis kelgan. Men xusisiy korxona ochib savdo va oshxona faoliyati bilan shug‘ullanaman. O‘zim(Allohga hamd bo‘lsin) Qur’on va sunnatni o‘rganib boryapman va amal qilishga qo‘ldan kelgancha harakat qilyapman. Lekin shu oshpazlarim surinkali aroq ichishdan to‘xtashmayapti. Korxonamda ishlayotgan ishchilarning surunkali aroq ichishlariga men Allohning oldida javob beramanmi? Yoki hadisdagi «qavmdan» murod  boshqa tushunchami? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘l ostingizdagilarga javob berasiz. Agar hech to‘g‘ri yo‘lga yurmasalar ishdan bo‘shatib to‘g‘ri yo‘ldagisini ishga olasiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 169 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar