Ro‘zaning kafforati
Assalomu alaykum! Men bu yilgi romazon oyida Allohga shukurki ro‘za tutdim. Bir kungi ro‘zamda basseynda cho‘milgan edim. Lekin u paytda ro‘za ochilishini bilmas edim. Endi bilib qoldim va men faqat shu kungi ro‘zamning qarzini tutib beramanmi yoki kafforatini ham tutamanmi? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Sahihi Buxoriy”da “Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Rabboniy bo‘linglar», (ya’ni) hakim va faqih (bo‘linglar). (Oltin silsila) «Rabboniy – odamlarni ilmning kattalaridan avval kichiklari bilan tarbiyalaydigan kishidir», deb ham aytiladi”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari Ibni Abbos roziyallohu anhuning gaplariga amal qilib, ommaning holatini qattiq rioyasini qilar edilar va har sohada ularni darajama-daraja tarbiyalashga harakat qilar edilar. Ro‘zador suvga tushib cho‘milsa ro‘zasi ochilmasligini yaxshi bilar edilar va o‘quvchilariga ham darslarda ochilmasligini ham aytardilar. Bu haqda "Sahih Buxoriy"da quyidagicha keladi: RO‘ZADORNING YuVINIShI HAQIDA وَبَلَّ ابْنُ عُمَرَ - رضى الله عنهما - ثَوْبًا، فَأَلْقَاهُ عَلَيْهِ، وَهُوَ صَائِمٌ. وَدَخَلَ الشَّعْبِىُّ الْحَمَّامَ وَهُوَ صَائِمٌ. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ لاَ بَأْسَ أَنْ يَتَطَعَّمَ الْقِدْرَ، أَوِ الشَّىْءَ. وَقَالَ الْحَسَنُ لاَ بَأْسَ بِالْمَضْمَضَةِ وَالتَّبَرُّدِ لِلصَّائِمِ. وَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ إِذَا كَانَ صَوْمُ أَحَدِكُمْ فَلْيُصْبِحْ دَهِينًا مُتَرَجِّلاً. وَقَالَ أَنَسٌ إِنَّ لِى أَبْزَنَ أَتَقَحَّمُ فِيهِ وَأَنَا صَائِمٌ. وَيُذْكَرُ عَنِ النَّبِىِّ صلي الله عليه وسلم أَنَّهُ اسْتَاكَ وَهُوَ صَائِمٌ. وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ يَسْتَاكُ أَوَّلَ النَّهَارِ وَآخِرَهُ، وَلاَ يَبْلَعُ رِيقَهُ. وَقَالَ عَطَاءٌ إِنِ ازْدَرَدَ رِيقَهُ لاَ أَقُولُ يُفْطِرُ. وَقَالَ ابْنُ سِيرِينَ لاَ بَأْسَ بِالسِّوَاكِ الرَّطْبِ. قِيلَ لَهُ طَعْمٌ. قَالَ وَالْمَاءُ لَهُ طَعْمٌ، وَأَنْتَ تُمَضْمِضُ بِهِ. وَلَمْ يَرَ أَنَسٌ وَالْحَسَنُ وَإِبْرَاهِيمُ بِالْكُحْلِ لِلصَّائِمِ بَأْسًا. Ibn Umar roziyallohu anhumo ro‘zador holida kiyimini ho‘llab, ustiga tashlab olar edi. Sha’biy ro‘zador holida hammomga kirgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Qozonni yoki biron narsani ta’mini tatib ko‘rishning hechqisi yo‘q», degan. Hasan: «Ro‘zador mazmaza qilishi va salqinlashinida hechqisi yo‘q», dedi. Ibn Masud roziyallohu anhu: «Birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, tongda boshiga yog‘ surib sochini taragan holda tong ottirsin», degan. Anas roziyallohu anhu: «Albatta mening bir abzan*im bor, ro‘zador holimda unga tushib olaman», degan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ro‘zador hollarida misvok ishlatganlari zikr qilingan. Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Kunning avvalidayu oxirida misvok ishlataveradi, lekin tufugini yutmaydi», degan. Ato: «Agar (misvokdan qolgan) tufugini yutib yuborsa, men uni ro‘zasi buziladi (ochiladi), demayman», degan. Ibn Siyriyn:»Ho‘l misvok ishlatishni hechqisi yo‘q», dedi. Unga: «Axir uni ta’mi borku?», deyildi. U: «Suvning ham ta’mi bor, sen u bilan mazmaza qilasan-ku», dedi. Anas, Hasan, Ibrohimlar ro‘zador surma surishininghechqisi yo‘q deb bilishgan. *Abzan – toshdan o‘yib ishlangan suv idishga o‘xshash narsa. Lekin hovuzlarda cho‘miluvchilarning o‘ndan beshtasi burni yoki og‘zi orqali suv yutib yuborganlariga guvoh bo‘lganlari uchun shunday issiq kunlarda, Allohning roziligini topaman deb, ro‘za tutib, bir cho‘milib suv yutib yuborish bilan ro‘zaning savobidan mahrum bo‘lib qolmasligi uchun boshidan suv quyib cho‘milishga ruxsat berar, havzalarda esa cho‘milishdan qaytarar edilar. Siz ham agar cho‘milganingizda burun yoki og‘izdan suv yutib yubormagan bo‘lsangiz ro‘zangiz ochilmaydi. Mabodo suv yutgan bo‘lsangiz bir kuniga bir kun ro‘za tutib berasiz. Kafforati vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za