Imtihon
Assalomu alaykum! Imtihonda sessiyada ayrim talabalar savollarga javob berishda daftar-kitobdan, telefondan foydalanishlari mumkin, natijada 3 baho olishi kerak bo‘lgan talaba 4-5 bahoda sessiyani tugatishi mumkin. 3lik stependiyadan 5lik stependiya deyarli 2 marta ko‘p. Talabalarning shu ishining, qing‘ir yo‘l bilan oladigan stependiyasining hukmi qanday? Stependiyaning 3 baho miqdoridagidan qolgan qismi talabaga halol emasmi? Ya’ni 5lik stependiya tahminan 500000 so‘m bo‘lsa, 3lik stependiya 300000so‘m bo‘lsa, talaba qing‘ir yo‘l bilan topgan 5lik stependiyasining 3likdan tashqari qolgan 200000so‘mini sadaqaga ishlatib yuborishi kerakmi? Buning hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qing‘ir yo‘l bilan egador bo‘lib olish unga loyiq bo‘lgan talabaning haqqini eyish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom